Xorazmda mukofotlar oʻz egalariga topshirildi

18:00 30 Avgust 2023 Jamiyat
417 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati koʻp yillik samarali mehnati, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish, uning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtibori va nufuzini yuksaltirishdagi xizmatlari uchun Xorazm viloyatidan ham bir guruh ishlab chiqarish ilgʻorlari, faxriylar, davlat xizmatchilari, madaniyat va sanʼat namoyandalari davlatimizning orden va medallariga sazavor boʻlishdi. Bayram arafasida viloyat hokimi Joʻrabek Rahimov mukofotlarni oʻz egalariga tantanali topshirdi.

— Prezidentimizning ilm ahlining mashaqqatli mehnatini qanchalik qadrlashini bugun barchamiz koʻrib bilib turibmiz, — dedi Xorazm Maʼmun akademiyasining tabiiy fanlar boʻlimi boshligʻi Lola Gandjayeva. - Bu, tabiiyki yosh olimlarga katta kuch va quvvat bagʻishlaydi. Mustaqillik bayrami arafasida mening ham kamtarona mehnatim yuksak baholanib “Shuhrat” medali bilan mukofotlandim. Inson ulugʻlangan yurtda har bir kishining Vatan ravnaqi yoʻlidagi xizmatlari munosib taqdirlanishiga yana bir bor amin boʻldim.

                                                    Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер