Xorazmda markaz direktori ushlandi

13:06 13 Oktyabr 2022 Jamiyat
515 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Urganch shahar Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori D.B. fuqaro S.dan 4 nafar fuqaroni 4 mln soʻm pora evaziga vaqtincha ishsizlik roʻyxatiga kiritib, nafaqa puli tayinlab berishini aytib, oldindan 2 mln soʻmni olib, qolgan 2 mln soʻmni ish joyida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер