Xorazmda marhum sudga chaqirildimi? Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati voqea yuzasidan raddiya berdi
Foto: Illustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazmda sudya marhumni sudga chaqirtirdi” mazmunida xabarlar tarqalgan edi. Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati holat yuzasidan raddiya eʼlon qildi.
Maʼlum boʻlishicha, xorazmlik Komil Matchanov 2018-yilda maʼmuriy sudga ariza bilan murojaat qilgan. Oʻsha yili sudning tegishli qarori chiqqan. 2022-yilning may oyiga kelib B.Egamberdiyev (2018-yildagi sudda ikkinchi taraf sifatida ishtirok etgan) davlat organiga majburiyat yuklashni soʻrab sudga murojaat qiladi. Arizaga 2018-yilda oʻzi taraf sifatida ishtirok etgan sud qarori va boshqa hujjatlar ilova qilinadi.
Sudya ariza va unga ilova qilgan hujjatlar bilan tanishib, ishni sud majlisida koʻrishga tayinlaydi hamda vaqti va sanasi haqida taraflarga maʼlum qiladi. Biroq bu paytga kelib K.Matchanov vafot etgan edi.
2022-yil 18-may kuni sud ajrimi bilan marhum K.Matchanovning oʻgʻli N. Matchanov huquqiy voris deb topilib, nizo predmetiga nisbatan manfaatdor shaxs sifatida ishga jalb qilingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring