Xorazmda mayning kripto-aktivlari qurilmalarini oʻrnatgan MCHJ aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida Urganch tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda tumandagi “S.” MCHJ rahbari A.A. MCHJ binosida 127 ta toʻplamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini tijorat maqsadlarida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga yashirincha ulab, elektr energiyasida noqonuniy foydalanganligi oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 mlrd 61 mln soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring