Xorazmda ijodiy imtihondan oʻtkazib qoʻyishni vaʼda qilgan dekan ushlandi
Xorazm viloyatida ijodiy (kasbiy) imtihondan oʻtkazib qoʻyishni vaʼda qilgan dekan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva shahar boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Urganch davlat universiteti fakultet dekani S.K. fuqaro Z.Oʻ.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ushbu universitetda oʻtkaziladigan ijodiy (kasbiy) imtihondan oʻtishiga amaliy yordam berishi evaziga 2 600 AQSH dollari va 2,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring