Xorazmda fuqarolarga pul evaziga “prava” olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

11:03 21 May 2021 Jamiyat
623 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan IIB viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro G.M. haydovchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan “X.” MCHJ oʻqituvchisi S.I. va boshqalar bilan oldindan til biriktirib, 4 nafar fuqaroga avtomobil boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olib berish evaziga 750 AQSH dollari va 500 ming soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер