Xorazmda 6 ming dollarga yer sotayotganlar ushlandi
Hazorasp tumanida hokimlik zaxirasidagi yerni sotmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Departamentning Hazorasp tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.X. va N.X.lar noqonuniy daromad orttirish maqsadida, fuqaro P.ning ishonchiga kirib, unga turar joy qurishi uchun hokimlik zaxirasida boʻlgan 6 sotix yer uchastkasini firibgarlik yoʻli bilan sotishni rejalashtirib, evaziga oldindan kelishilgan 6 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan S.X. va N.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring