Xorazmda 19 yoshli kelin oʻzini osib oʻldirdi
Shovot tumanida tugʻilgan, Shovot tumani, “Katqalʼa” mahallasi, “Semrug” koʻchasi, 45-uyda yashagan 19 yoshli Q.M. 2021-yil 1-aprel kuni soat 11:00 da oʻz uyining qora mollarni saqlash xonasining yogʻoch toʻsiniga oq rangli shpagat ip bilan oʻzini oʻzi osib, oʻz joniga qasd qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, oʻlim sabablarini aniqlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekseprtizasi ilmiy-amaliy Markaziga sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, murda tekshiruvdan oʻtkazilgan.
Dastlabki ekspert maʼlumotiga koʻra, fuqaro M.Q.ning oʻlimiga oʻzini oʻzi osishi natijasidagi asfiksiya sabab boʻlgan.
"Marhuma 2020-yil oktyabr oyida 2001-yil avgustda tugʻilgan M.Ya. bilan turmush qurib, uning oilasi bilan Katqalʼa mahallasida istiqomat qilib kelgan.
Shu bilan birga, dastlabki toʻplangan hujjatlarga koʻra fuqaro M.Q. yoki uning oila aʼzolari turmushi davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki mahalla fuqarolar yigʻiniga shikoyat qilishmagan.
Turmush oʻrtogʻi M.Ya. yoki oila aʼzolari muqaddam sudlanmagan, notinch oila yoki boshqa bir holatlar yuzasidan roʻyxatda turmaydi.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan boʻlib, yakuni yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi", deyiladi maʼlumotda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring