Xorazmda 119 nafar xodimga 1,3 mlrd soʻmlik ish haqi undirib berildi
Illyustrativ foto
Xorazm viloyatida 119 nafar xodimga 1,3 mlrd soʻmlik ish haqi undirib berildi. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, vazirlikning Xorazm viloyati boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan W.Q.C. MCHJ faoliyatida mehnat huquqlari buzilishi yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilgan.
Natijada korxona tomonidan joriy yilning shu davriga qadar 119 nafar xodimga ish haqlari toʻlanmagani aniqlanib, mazkur xodimlarga 1 milliard 310 million soʻm miqdorida ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar undirib berilgan.
Taʼkidlanishicha, respublika boʻyicha joriy yilning birinchi yarmida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida 10 501 nafar xodimning 129 mlrd 769 mln soʻm oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlari undirib berilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring