Xonobod shahrida yangi Ekobozor oʻz faoliyatini boshladi

16:46 31 Oktyabr 2023 Jamiyat
239 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Xonobod shahrida aholiga qulaylik yaratish maqsadida yangi bozor barpo etildi. Aytish joiz, oldingi bozor uzoq yillar davomida foydalanish natijasida taʼmirtalab boʻlib qolganligi sababli sotuvchi va xaridorlarga noqulayliklar tugʻdirayotgandi.

— Eski bozorda faoliyat yuritish uchun sharoit yoʻq edi, —deydi yakka tartibdagi tadbirkor Oʻgʻiloy Boymirzayeva. –Kunimiz oftob va yomgʻirdan himoya qiluvchi soyabonni sozlash bilan oʻtardi. Hozirda yangi bozorda barcha imkoniyatlar mavjud.

Foydalanishga topshirilgan Ekobozor “Gullola-Mashhur” oilaviy korxonasi tomonidan toʻrt oy muddat ichida qurib bitkazildi. 5 milliard soʻmlik loyiha asosida barpo etilgan savdo markazi 84 ta rasta va oʻnlab savdo doʻkonlaridan iborat boʻlib, yil davomida 550 ming nafar xaridorga xizmat koʻrsatish quvvatiga ega.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер