Xonadonlarga muqobil energiyada ishlaydigan suv isitish tizimini oʻrnatish xarajatlari 30 foizgacha qoplab beriladi
Foto: president.uz
Prezident huzurida elektrotexnika sohasida yangi zaxiralarni safarbar qilish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yigʻilishda mutasaddilarga yana 1,5 milliard dollarlik yangi loyihalar roʻyxatini shakllantirish, Samarqand, Toshkent, Fargʻona viloyatlari hokimlariga Toshkent shahridagi “Texnopark” kabi elektrotexnika klasterlarini yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Misni qayta ishlashni joriy yilda 37 foizdan 50 foizga, 2026-yilda 70 foizga yetkazish maqsadi belgilandi.
Buning uchun Ohangaron tumanidagi yangi mis klasterida 168 million dollarlik 12 ta loyiha doirasida yana 90 ming tonna misni qayta ishlaydigan quvvatlar yaratiladi.
Yigʻilishda muqobil elektr energiyasi loyihalarini mahalliy butlovchi qismlar bilan taʼminlash masalasi ham muhokama qilindi. Shuningdek:
— xonadonlarga muqobil energiyada ishlaydigan suv isitish tizimini oʻrnatish xarajatlari 30 foizgacha qoplab beriladi;
— bogʻcha, maktab, kasalxona va boshqa ijtimoiy obyektlarda muqobil energiyada ishlaydigan suv isitish tizimlarini, koʻchalarda esa, quyosh energiyasida yoritish moslamalarini oʻrnatish boʻyicha alohida dastur qabul qilinadi.
Bu maqsadlarga har yili kamida 100 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring