Xodim koronavirus infeksiyasiga qarshi buster doza bilan emlanishni rad etganda, ish beruvchi tomonidan vaqtincha ishdan chetlashtiriladi — Respublika maxsus komissiyasi
Illyustrativ foto
Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yigʻilishida koronavirus pandemiyasi sababli joriy qilingan muayyan cheklovlarni olib tashlash masalasi muhokama qilindi.
Ish beruvchilarga qoʻl ostidagi ishchi-xizmatchilarning koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganlik, shu jumladan, buster doza bilan emlanish darajasi 90 foizdan kam boʻlmasligiga erishish majburiyati yuklatildi.
Davlat organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va boshqa tashkilotlar xodimlarining koronavirus infeksiyasiga qarshi, shu jumladan, buster doza bilan emlanmaganligi aniqlanganda, ular vaqtinchalik ishdan chetlashtiriladi.
Xodim koronavirus infeksiyasiga qarshi buster doza bilan emlanishni rad etganda, ish beruvchi tomonidan uning vaqtincha ishdan chetlashtirilishini Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati qatʼiy nazoratga oladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring