Xizmat joylarida xodimlarning jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishi va toʻgʻri ovqatlanishi uchun sharoitlar yaratiladi

18:09 08 Yanvar 2024 Jamiyat
440 0

Yurtimizda aholi orasida toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish orqali ortiqcha vaznga ega aholi ulushini 50 foizga va semizligi mavjud aholi ulushini 23 foizga qadar kamaytirish rejalashtirilmoqda.

Xususan, “Aholi salomatligi —2030” milliy strategiyasi loyihasining 2024-2026-yillarga moʻljallangan amaliy tadbirlar rejasiga koʻra, aholiga oʻz sogʻligʻi va ovqatlanishini nazorat qilishni oʻrgatish va toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha mobil ilova yaratish koʻzda tutilyapti.

Shuningdek:

— mahalliy mahsulotlardan kelib chiqib, aholining har bir xavf guruhi va kasallik turlari uchun parxez ovqatlanishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish;

— Yoshi, tana tuzilishi, turmush tarzi va kasalliklarga moyilligidan kelib chiqib, kattalar va keksalar uchun toʻgʻri ovqatlanish, sogʻlomlashtirish mashqlari va gigiyena qoidalari toʻplamini yaratish;

— Ish beruvchilar tomonidan xizmat joylarida xodimlarning jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishi va toʻgʻri ovqatlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish moʻljallanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер