Xivadagi bozorda yirik yongʻin chiqdi
Bugun, 24-iyul kuni soat 17:42 da Xorazm viloyati Xiva shahar “Sangar” MFY Elobod koʻchasida joylashgan “Xiva Buyum bozori” hududidagi kiyim-kechak hamda oziq-ovqat doʻkonlarida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra 12 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji yongʻinga 17:50 da yetib borib, yongʻin oʻrab olingan va hozirda bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Vaziyat nazoratga olingan.
Yongʻin oqibatida fuqarolarni kuyish tan-jarohati olish va halok boʻlish holatlari qayd etilmadi. Voqea joyiga viloyat hamda tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring