Xiva shahrida Xalqaro etnosport festivali ochildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Bugun Xiva shahrida Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Etnosport assotsiatsiyasi hamkorligida oʻtkazilayotgan Xalqaro etnosport festivaliga start berildi.
Tantanali tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Xorazm viloyati hokimi Joʻrabek Rahimov, Rossiya Federatsiyasi Sport vaziri Oleg Matыsin, Ozarbayjon Respublikasi Yoshlar va sport vaziri Farid Gaipov soʻzga chiqib, barchani oʻzbek zamini oʻtkazilayotgan sport bayrami bilan muborakbod etdi.
Festival doirasida belbogʻli kurash boʻyicha xalqaro turnir, oʻzbek jang sanʼati, mass resling, bahodirlar oʻyini va tosh koʻtarish boʻyicha jahon chempionati, kamondan otish boʻyicha xalqaro ochiq turnir, milliy kurash, bel olish va uch kurash, turon yakkakurashi, qushlar ovi va ot sporti turlari boʻyicha koʻrgazmalar, mohir oshpazlar ishtirokida osh pishirish musobaqasi va qovun sayli boʻlib oʻtadi.
Butunjahon Etnosport konfederatsiyasining “Meros bilan bogʻlangan, etnosport bilan birlashgan” shiori ostida etnosport sammiti, Butunjahon Etnosport konfederatsiyasining Ijroiya qoʻmitasi aʼzolarining uchrashuvi hamda teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish etiladi.
Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring