Xitoyning eng keksa fuqarosi hayotdan koʻz yumdi
Foto: news.cn
Xitoyning eng keksa fuqarosi Alimxan Seyti 135 yoshida vafot etdi. Bu haqda «The Economic Times» xabar bermoqda.
«Xitoyning eng keksa fuqarosi Alimxan Seyti 16-dekabr kuni 135 yoshida Qashqarda vafot etdi», — deyiladi xabarda.
Nashrning qayd etishicha, Alimxan Seyti 1886-yil 25-iyunda Qashqar prefekturasi, Yangishar uyezdi, Kumusherik qishlogʻida tugʻilgan.
Kumusherikda 90 yoshdan oshgan juda koʻp odamlar istiqomat qiladi. Shuning uchun u «uzoq umr koʻruvchilar shahri» nomini olgan.
Nashrning taʼkidlashicha, ayol oʻlimigacha juda oddiy hayot kechirgan. U qoʻshiq aytishni va hovlisida quyoshda toblanish yaxshi koʻrgan, doimo koʻtarinki kayfiyatda boʻlib, kulib yurgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring