Xitoyda yana “COVID-19” holatlari keskin ortmoqda
Foto: Reuters
Xitoyda ketma-ket uchinchi kundirki, “COVID-19” pandemiyasining butun davri davomida aniqlangan koronavirus holatlari boʻyicha kunlik antirekord qayd etilmoqda.
Xususan, oʻtgan kun davomida 35 183 ta yangi holat aniqlangan. Infeksiya aniqlanganlarning aksariyatida kasallik alomatlari kuzatilmagan. 24-noyabrda 31 656, 25-noyabrda esa 32 943 kishida “COVID-19” qayd etilgan edi.
Bungacha Xitoyda ushbu infeksiya qayd etilishi bilan bogʻliq eng yuqori koʻrsatkich joriy yilning aprel oyida kuzatilgan edi. Oʻshanda bir kunda 31 709 kishi kasallik aniqlangandi.
Avvalroq, Sent-Luisdagi Vashington universiteti tibbiyot fakulteti olimlari koronavirusni qayta yuqtirish oʻlim xavfini oshirishini koʻrsatgani haqida maʼlum qilishgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring