Xitoyda koronavirusga yangi nom berildi
Foto: ria.ru
Xitoy Sogʻliqni saqlash davlat tashkiloti “2019-nCoV” koronavirusiga vaqtincha “Novel Coronavirus Pneumonia” (NCP) deb nom qoʻydi.
Bu atama ingliz tilidan tarjima qilinganida “yangi tipdagi koronavirus chaqiradigan pnevmoniya” degan maʼnoni beradi.
Xitoyliklar bu nom vaqtincha qoʻyilganini taʼkidlab oʻtishdi. Chunki kasallikning doimiy nomi JSST tomonidan hali rasman tasdiqlanmadi.
9-fevral maʼlumotlariga koʻra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 37 ming kishini tashkil qilgan. 811 kishi esa vafot etgan.
Bundan bir necha kun avval olimlardan biri koronavirusning nomini ishlatish qiyinligi, jurnalistlar, keng jamoatchilik tomonidan “Xitoy virusi” deb atalayotgani mamlakat aholisiga nisbatan kamsitish boʻlishi mumkinligini aytgani xususida xabar berilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring