Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 106 kishiga yetdi

15:43 28 Yanvar 2020 Dunyo
1724 0

“Sinxua” axborot agentligi Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 106 kishiga yetganligini maʼlum qildi.

Xitoy rasmiylarining qayd etishicha, hozirgi kunga qadar, 2019-nCoV koronavirusi mamlakatning 4,5 mingdan ortiq aholisida aniqlangan.

Xabar qilinishicha, soʻnggi bir kun ichida Xubey provinsiyasida vafot etganlar soni 24 kishini tashkil etmoqda. Shu yerlik aholi orasida esa 1,2 mingdan ortiq yangi yuqtirish holatlari qayd etilgan. Ushbu viloyatning maʼmuriy markazidagi Uxan shahrida esa 1590 kishi kasallangan, 42 nafar bemor vafot etgan.

Qayd etilishicha, hududda kasallarni qabul qilish uchun ikkita kasalxona qurilmoqda, ulardan birini fevral oyi boshida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Pekinda bu virusga chalinganlar soni 80 tani, vafot etganlar esa bittani tashkil etmoqda.

Koronavirus bilan bogʻliq holatlar Xitoydan tashqari AQSH, Fransiya, Avstraliya, Yaponiya, Singapur, Koreya Respublikasi, Malayziya, Vyetnam va Tailandda ham qayd etilgani maʼlum qilingan edi. Endi ushbu virus bilan bogʻliq holat Germaniyada ham kuzatilgani rasman maʼlum qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер