Xitoyda koʻplab yangi holatlar aniqlandi. Mamlakatga epidemiya qaytyaptimi?

13:15 15 Fevral 2021 Dunyo
745 0

Foto: Reuters

Soʻnggi bir kun ichida Xitoyda koronavirus infeksiyasini yuqtirish boʻyicha 19 ta yangi holat aniqlangan. 

Xitoy davlat sogʻliqni saqlash qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, shundan 18 ta holat mamlakat kirib kelgan odamlar orasida qayd etilgan.

Manbaga koʻra, 2020-yil 31-dekabrda Xitoyda koronavirusning Buyuk Britaniya shtammini yuqtirgan birinchi bemor qayd etilgani, joriy yil boshida esa mamlakatda toʻqqiz milliondan ortiq odam koronavirus infeksiyasiga qarshi emlab boʻlingani maʼlum qilingan edi.

Koronavirusning kelib chiqishi Xitoyga taqaladi. 2019-yil oxirida mamlakatda ushbu infeksiya sabab kasallik avj oldi. Shu bois Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 2020-yilning 11-mart kuni dunyoda “Covid-19” pandemiyasi, deb eʼlon qildi. Oʻtgan yilning 29-mart kuni Xitoy mamlakatda koronavirus epidemiyasi tugaganligini eʼlon qilgan edi. 

Keyinchalik ushbu infeksiyani yuqtirish holatlari butun dunyoga keng tarqalib ketdi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, ayni paytga kelib 108 milliondan ortiq ushbu virusni yuqtirib olgan, shundan 2,5 milliondan ortigʻi hayotdan koʻz yumgan. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер