Xitoyda 125 million yillik sutemizuvchi hayvon hamda dinozavr qoldiqlari topildi
Xitoy va Kanada olimlari yoshi 125 million yil boʻlgan boʻr davriga oid yirtqich sutemizuvchi va oʻtxoʻr dinozavrning noyob qoldiqlarini topishdi.
Ikkala hayvon ham tezda nobud boʻlgan, bunga vulqon otilishi sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.
Olimlar hayvonlar qoldiqlarining yaxshi tarzda saqlanib qolganini uning Xitoyning Lyaonin viloyatidagi “Dinozavr Pompeyi” nomi bilan mashhur Luszyatun hududidan topilgani bilan izohlamoqda. Bu yerda bir yoki bir nechta vulqon otilishi natijasida vayronalar ostida koʻplab hayvonlar dinozavrlar, sutemizuvchilar, kaltakesaklar va amfibiyalar qoldiqlari saqlanib qolgan, deb xabar beradi tass.ru.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring