Xitoy janubida yuz bergan tornado oqibatida besh kishi halok boʻldi
Arxiv surat
Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasi markazi Guanchjou shahrida shanba kuni sodir boʻlgan tornado oqibatida besh kishi halok boʻldi, 33 kishi jarohatlandi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar berdi.
Mahalliy maʼmuriyat maʼlumotlariga koʻra, tornado Bayyun munitsipaliteti hududidagi Chjunlotan shaharchasiga taxminan soat 15:00 da bostirib kelgan. Tornado joyidan taxminan 2,8 km uzoqlikda joylashgan Lyantyan qishlogʻidagi meteorologiya stansiyasi shamolning maksimal tezligi 20,6 м/с.ни tashkil etgan.
Tabiiy ofat zonasidagi oqibatlarni bartaraf etishga shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari, meteorologiya, yongʻin, uy-joy qurilishi va tibbiyot xizmatlari xodimlari hamda mahalliy aholi oʻz vaqtida jalb etildi.
Soat 22:00 holatiga koʻra qidiruv-qutqaruv ishlari asosan yakunlandi. Barcha jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan.
Rasmiylarning aniqlik kiritishicha, 141 ta sanoat binosi shikastlangan, turar-joy binolarining qulashi kuzatilmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring