Xitoy quyoshni kuzatuvchi birinchi sunʼiy yoʻldoshini uchirdi
Xitoy milliy kosmik maʼmuriyatining xabar berishicha, payshanba 14-oktabr kuni Xitoyning birinchi quyoshni kuzatuvchi sunʼiy yoʻldoshini uchirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Xitoyning birinchi quyoshni tadqiq etuvchi sunʼiy yoʻldoshi “Sixe” “Chuyjen-2D” raketasi yordamida Taiyuan kosmodromida muvaffaqiyatli uchirilgan. Bu sunʼiy yoʻldosh Xitoyda “quyosh tadqiqotlari davri” ni ochib berdi. Qurilma birinchi marta H-alpha diapazonida quyoshning toʻliq tasvirini olishi rejalashtirilgan. Sunʼiy yoʻldoshning massasi 550 kilogrammni, xizmat qilish muddati uch yilni tashkil etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring