Xitoy koronavirus epidemiyasi tugaganini e'lon qildi
Foto: РИА Новости
Xitoyda koronavirus infeksiyasi tarqalishini umuman olganda toʻxtatishga erishildi, dedi XXR sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha davlat qoʻmitasi vakili Mi Fen. Bu haqda Xinhua agentligi xabar berdi.
Uning soʻzlariga koʻra, 28-martda mamlakat ichida koronavirus yuqtirish holatlari 3 mingdan kamroq boʻlgan.
Shu bilan birga, uning qayd etishi, virusga qarshi kurashning yangi bosqichi boʻlishi ehtimoli mavjud, chunki xorijdan kelganlar orasida virus yuqtirganlar soni oshib bormoqda. Shanba kuni 42 mamlakatdan kelgan 693 kishida koronavirus aniqlangan.
South China Morning Post gazetasining maʼlumotiga koʻra, Xitoy kasallik yuqtirganlar soni boʻyicha dunyoda uchinchi oʻrinda turibdi (81 439). Uni AQSH (122 666) va Italiya (92 472) quvib oʻtdi. Xitoyda koronavirusdan 3,3 ming kishi vafot etgan.
28-mart holatiga koʻra, Xubey provinsiyasida birorta ham koronavirusga chalinish bilan bogʻliq holat qayd etilmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring