Xitoy davlat telekanali “Ren Xiaorong” nomli sunʼiy intellekt boshlovchisini ishga tushirdi

15:23 25 Mart 2023 Dunyo
807 0

Foto: Illustrativ foto

«Ren Xiaorong» - bu foydalanuvchilarga hafta davomida boʻlib oʻtgan ikki sessiya, Xitoy xalq siyosiy maslahat kengashi va Butunxitoy xalq vakillari yigʻilishi yillik yalpi majlislari bilan bogʻliq savollarni berishga imkon beradigan sunʼiy intellekt bilan ishlaydigan dastur.

U partiya siyosatini kuzatish, odamlarning savollariga javob berish uchun dasturlashtirilgan va 24/7 tartibida efirga uzatiladi.

Hozircha virtual taqdimotchining harakat erkinligi juda cheklangan - u soʻnggi paytlarda foydalanuvchilarni qaysi mavzular qiziqtirayotganligini aniqlay oladi, ammo aniq savollarga javob bera olmaydi.

Ularning xususiyatlari cheklangan boʻlsada, “Ren Xiaorong” kabi sunʼiy intellekt boshlovchilari kelajak televideniyasining belgisidir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер