Xitoy 2020-yilda 220 mlrd.dan ortiq “maska” eksport qildi

09:51 30 Yanvar 2021 Dunyo
1167 0

Xitoy 2020-yilda dunyoning 200dan ziyod mamlakatiga 220 milliarddan ortiq tibbiy niqob eksport qilgan. Bu haqda XXR savdo vaziri oʻrinbosari Syan Kemin maʼlum qildi.

Uning aytishicha, yana 2,3 mlrd. himoya kiyimi hamda testlar uchun 1 mlrd. reaktivlar ham chetga sotilgan.

Hukumat aʼzosining aytishicha, Xitoy epidemiyaga qarshi vositalarni yetkazib beruvchi eng yirik davlat sifatidagi maqomini faol rivojlantirib boryapti.

2020-yilda XXR iqtisodiyoti 2,3 foiz oʻsdi. Iqtisodiy yuksalishda oxirgi toʻrt yilda eng kam koʻrsatkich qayd etilgan boʻlsada, Xitoy koronavirus pandemiyasi paytida bu borada ijobiy natijaga erishgan yagona yirik davlatga aylandi. 

Masalan, oʻtgan yili AQSHda YAIM hajmi 3,5 foiz tushib ketdi. Bu 1946-yildan beri kuzatilgan eng yirik pasayishdir. Rossiyada esa bu miqdor 4 foizni tashkil etdi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер