XDPdan prezidentlikka nomzod ma’qullandi

11:34 12 May 2023 Siyosat
884 0

Foto: XDP

Xalq demokratik partiyasidan Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovich nomzodi prezidentlikka nomzod sifatida partiyaning Qurultoyida ko‘rib chiqish uchun ma’qullandi.
 
2023 yil 12 may kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining navbatdan tashqari plenumi bo‘lib o‘tdi. 

Plenumda 2023 yil 9 iyul kuni o‘tkazilishi belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining ishtiroki to‘g‘risida masala muhokama etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiya elektorati, tarafdor va faollari tomonidan tavsiya etilgan Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovich nomzodi partiyaning Qurultoyida ko‘rib chiqish uchun ma’qullandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер