Xashaklar ortida nima yashirilgan edi?
Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro O.R. boshqaruvidagi “Changan” rusumli yuk avtotransporti toʻxtatilib, belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.
Natijada, ushbu shaxs avtotransport yukxonasida tegishli hujjatlari boʻlmagan umumiy qiymati 15 million soʻmlik 6 dona “Avangard” nomli muzlatgichlarini xashaklar ortiga yashirib olib ketayotganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring