Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Bugun, 14-iyun kuni poytaxtimizdagi “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyida Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi. “Xalq soʻzi” muxbiri mazkur tadbirning eng esda qolarli lahzalarni kamera obyektiviga muhrladi.
Ushbu voqelik mamlakatimizdagi tibbiyot sohasini yangi avlod shifokorlari bilan toʻldirishga bagʻishlanganligi bilan ham muhim ahamiyatga ega.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Shuhrat Boymurodov ham ishtirok etib, bitiruvchilarning keyingi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.
Mazkur marosim tibbiyot sohasida kadrlar salohiyatini yuksaltirish, shifokorlik kasbining ijtimoiy nufuzini yanada oshirishga qaratilgan amaliy qadamlar sifatida baholanmoqda.
Akmal MUHAMMADOV, Otabek SAIDAHMADOV
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring