Xalqimizning ardoqli shoiri Azim Suyun olamdan oʻtdi
Bugun, 9-mart kuni xalqimizning ardoqli shoiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, qator gazetalar, shu jumladan, bizning “Xalq soʻzi” gazetamizda ham faoliyat yuritgan Azim Suyun olamdan oʻtdi.
Azim Suyun (Azimboy Alimovich Suyunov) — 1948-yil Samarqand viloyatiga qarashli Nakurt qishlogʻida tugʻilgan. 1977-yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini bitirdi. “Toshkent universiteti“ gazetasida adabiy xodim, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir boʻlib ishladi.
Oʻzbekiston Matbuot Davlat qoʻmitasida adabiy maslahatchi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul kotib, “Xalq soʻzi“ gazetasida boʻlim muharriri, 1993-2002-yillarda “Oʻzbekiston ovozi“ va “Golos Uzbekistana“ gazetalarining Bosh muharriri vazifalarida xizmat qildi. Ijodkor butunjahon shoirlar kongressi aʼzosi boʻldi.
Shoirning oilasi va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etamiz.
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring