Xalqimiz ham, tadbirkor va investorlar ham, bizdan dolzarb masala boʻlgan energetika sohasida aniq yechimlar kutayotgani sir emas — Shavkat Mirziyoyev

13:00 20 Dekabr 2022 Siyosat
793 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

“Xalqimiz ham, tadbirkor va investorlar ham, bizdan dolzarb masala boʻlgan energetika sohasida aniq yechimlar kutayotgani sir emas”, — dedi Prezident.

Iqtisodiyotimiz barqaror rivojlanishi uchun energetika sohasiga 25-30 milliard dollar investitsiya kerak. Bunga faqatgina xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali erishish mumkin.

Shu bois, soʻnggi uch yilda sohaga 8 milliard dollarlik toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jalb qilindi.

Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida barpo etiladigan quyosh va shamol elektr stansiyalari hisobiga qoʻshimcha 14 milliard kilovatt elektr ishlab chiqariladi. Bu orqali xonadonlarga beriladigan elektr energiyasi 50 foizga koʻpayadi.

Kelasi uch yilda barcha davlat tashkilotlarida quyosh panellari va issiq suv kollektorlari oʻrnatiladi.

Aholi xonadonlarida esa quyosh paneli oʻrnatishga ajratiladigan subsidiyalar hajmi 2 barobarga koʻpaytiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер