Xalqaro reyting tashkilotlarining 500 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy OTMlarini tamomlagan yosh mutaxassislar maoshiga qoʻshimcha ustamalar toʻlab beriladi
Foto: Illustrativ foto
Top 500 oliygohni tamomlagan yosh mutaxassislar uchun qoʻshimcha ustamalar joriy qilingan. Davlat organlari, tashkilot va muassasalarida ishlayotgan, nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy OTMlarini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qoʻshimcha ustamalar toʻlab beriladi.

Ustamalar miqdori bilan yuqoridagi jadval orqali batafsil tanishishingiz mumkin. Yosh mutaxassis ushbu jadvalda keltirilgan qoʻshimcha miqdorlarning bittasidan 30 yoshdan oshmagunga qadar foydalanishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring