Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti tashkil qilindi

12:26 08 May 2022 Jamiyat
1281 0

“Xalqaro qishloq xoʻjaligi universitetini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–237-son, 07.05.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xoʻjaligi universiteti (Royal Agriculture University) bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti tashkil etildi.

Universitet Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xoʻjaligi universiteti tomonidan taʼsis etiladigan toʻliq akademik va moliyaviy mustaqil boʻlgan davlat ishtirokidagi oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.

Universitetda taʼlim grant va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

2022/2023 oʻquv yilidan Xalqaro qishloq xoʻjaligi universitetida quyidagi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari tashkil etiladi:

— Aqlli qishloq xoʻjaligi (Smart Agriculture);

— Agronomiya;

— Biotexnologiya;

— Agroiqtisodiyot;

— Chorvachilikni rivojlantirish;

— Oziq-ovqat xavfsizligi;

— Agrologistika.

Universitet bitiruvchilariga hamkor universitetning diplomi beriladi.

Qarorga koʻra, Universitetda davlat muassasasi shaklidagi Qishloq xoʻjaligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi (Capacity Building Center) tashkil etildi.

Shuningdek, 2022-yil yakunigacha talabalar, magistrant va ilmiy izlanuvchilar hamda professor-oʻqituvchilarning ilmiy ishlanmalari asosida startap-loyihalarni yaratish va amaliyotga tatbiq etish bilan shugʻullanuvchi davlat muassasasi shaklidagi “Agro Innovation Incubator” markazi tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер