Xalqaro olimpiya qoʻmitasi prezidentligiga nomzodlar eʼlon qilindi
2025-yilning 18-21-mart kunlari Gretsiyada boʻlib oʻtadigan Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) 144-sessiyasida qoʻmita prezidentligiga saylovda yetti nafar nomzod kurash olib boradi.
XOQ matbuot xizmati nomzodlar roʻyxatini ham eʼlon qildi:
Sebastyan Kou (World Athletics rahbari);
Xuan Antonio Samaranch-kichik (XOQ vitse-prezidenti);
David Laparten (Xalqaro velosipedchilar ittifoqi rahbari);
Faysal ibn Husayn (Iordaniya shahzodasi, XOQ ijroqoʻmi aʼzosi);
Kirsti Koventri (XOQ ijroqoʻmi aʼzosi, suzish boʻyicha ikki karra olimpiya chempioni);
Yohan Eliash (Xalqaro changʻi sporti federatsiyasi rahbari);
Morinari Vatanabe (Xalqaro gimnastika federatsiyasi rahbari).
Ushbu nomzodlar 2025-yil 30-yanvarda Lozannada (Shveysariya) boʻlib oʻtadigan yigʻilish munosabati bilan XOQning toʻliq aʼzoligiga yopiq holda oʻz dasturlarini taqdim etadilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring