Xalqaro yigʻin yosh xokkeychilar uchun katta maktab boʻldi

19:47 07 Avgust 2023 Sport
912 0

1-avgust kuni poytaxtimizda boshlangan “Osiyolik yosh xokkeychilar uchun oʻquv-mashgʻulot yigʻini” loyihasi oʻz yakuniga yetdi. Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida qishki sport turlarida yurtimizda ilk bor oʻtkazilgan bunday yirik dastur yakuniga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda MOQ raisi oʻrinbosarlari Ravshan Irmatov va Sherzod Tashmatov, Xalqaro muz ustida xokkey federatsiyasi (IIHF) vitse-prezidenti Ayvaz Omarkanov, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi Ijrochi direktori Elbek Mahmudov, Osiyo Olimpiya kengashi masʼul vakili Toni Tarraf, shuningdek, tadbirda qatnashgan yosh xokkeychi va murabbiylar ishtirok etishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер