Xalqaro IT sertifikatlarini olish uchun 50 foizgacha xarajatlarini qoplash boʻyicha “IT-isteʼdod” portali ishga tushirildi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Raqamli texnologiyalar vazirligi vazir maslahatchisi Fazliddin Anvarov maʼlum qildi:
Xalqaro IT sertifikatini olish uchun qatnashgan jami yoshlar soni 1600 nafardan ortiq boʻlib, shundan:
735 nafar yoshlarga jami 1 mlrd. soʻm dan ortiq xarajatlari qoplab berilgan. Jumladan, 2023-yil hozirgi kunga qadar 285 nafar yoshlarga jami 618,3 млн.сўм miqdorida xarajatlar qoplab berildi.
Aholini raqamli koʻnikmalarini oshirish maqsadida respublika boʻyicha 205 ta raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarida 400 ga yaqin yangi ish oʻrinlari yaratilgan boʻlib, ularda hozirgi kunga qadar 195 ming nafardan ortiq tinglovchilar malakasini oshirdi. Shundan, 39 ming nafardan ortigʻi davlat xizmatchilaridir.
Iqtidorli yoshlarni saralash, qoʻshimcha oʻqitish hamda xalqaro mehnat bozoriga tayyorlash tizimini joriy etish va zamonaviy IT kasblarga oʻqitish tizimi “IT Skills” tizimini yaratish choralari qoʻrilmoqda.
Bunda, har yili 50 ming nafardan ortiq IT ga qiziquvchi yoshlarning bazasi yaratiladi, 5 ming nafar iqtidorli yoshlar bilim va koʻnikmalari oshirilib, xalqaro mehnat bozoriga tayyorlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring