Xalqaro hujjatlardagi mehnat migrantlari huquqlariga oid normalar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida deputatlar “Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda muhokama qilishmoqda.
Taʼkidlanganidek, mazkur qonun loyihasi bilan tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi qonunosti hujjatlari qonun darajasida mustahkamlanadi, xalqaro hujjatlardagi mehnat migrantlarining huquqlariga oid normalar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinadi.
Shuningdek, fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi mehnat faoliyatini tashkil etish va chet ellik fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida jalb qilish tartibi yagona qonunda tizimlashtirilgan holda jamlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring