“Xalq soʻzi” jurnalisti “Tahsin” mukofoti bilan taqdirlandi
Ayni daqiqalarda Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Tahsin” mukofotining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtmoqda.
Unda davlat va jamoat arboblari, vazirlik, idora va muassasalarning mutasaddi rahbarlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi yetakchilari, faol yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishmoqda.
Taqdirlash marosimi davomi “Tahsin”ga sazovor yoshlar qatorida “Xalq soʻzi” jurnalisti Inobat Ahatova ham taqdirlandi.
Tahririyatimiz yosh jurnalistni yutuq bilan tabriklaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring