Xalq dardini tinglashdi

17:19 08 Aprel 2019 Jamiyat
1699 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy sohadagi islohotlar oddiy odamlarning hayotini oʻzgartirmoqda. Yillar davomida yechimi topilmayotgan masalalar qabullar jarayonida daqiqalar ichida hal etilmoqda. Xususan fuqarolar arz qilish uchun rahbarlar huzuriga emas, rahbarlar oddiy fuqarolarning dardu tashvishini eshitish uchun joylarga borib masalalarni hal etib bermoqda.

2019 yil 7 aprel kuni Denov tumani aholisining murojaatlarini tinglash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari Alisher Usmanov, Prezident administratsiyasi yetakchi inspektori Shokir Atadjanov, Surxondaryo viloyati Xalq qabulxonasi rahbari Abdulhakim Eshmuratov, Denov tumanining 4 ta sektor rahbari, Surxondaryo viloyatidagi tashkilot rahbarlari olis “Mehnatobod” mahallasiga tashrif buyurishdi.

Qabul jarayonida aksariyat fuqarolarning murojaatlari joyida hal etildi. Xususan, togʻli Sina qishlogʻidan Sayyora Temirova oilaviy sharoiti yaxshi emasligi va ishlash istagi borligini aytib murojaat qildi. Uning murojaati oʻsha joyning oʻzida hal etilib Sayyora Temirova oʻzining uyiga yaqin boʻlgan 14 qishloq vrachlik punktiga ishga kirdi. Masalasi bu qadar oson hal boʻlgan fuqaro xursandligini izhor etib, rahbarlarga tashakkur aytdi.

Denov tuman fuqarosi Shodiyev Qurbonali taqdir taqozosi bilan ogʻir sharoitga tushib qolgan. Uning turmush oʻrtogʻi bir necha yildan buyon jigar serrozi bilan ogʻriydi. U bugungi kunda turmush oʻrtogʻi uchun dori-darmon olishda moddiy qiyinchilikka duch kelmoqda. Ushbu masala Denov tuman hokimi B.Ibotov va Denov tuman Tibbiyot birlashmasi rahbari Y.Boʻriyev tomonidan nazoratga olinib, unga moddiy yordam ajratildi.

Qabulda yoshlarni ish bilan taʼminlash, ularni qiynayotgan masalalarni hal etishga alohida eʼtibor qaratildi. Qabulda Denov tumanidagi “Dashti chinor” mahallasi fuqarosi Toʻrayev Shohruh tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish istagini bildirdi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari Alisher Usmanov Toʻrayev Shohruhga kredit ajratilishi boʻyicha koʻrsatma berdi. Shu joyning oʻzida 4-sektor rahbari – Denov tuman Soliq Inspeksiyasi rahbari Odil Yoqubov Shohruhga “Mikrokreditbank” Denov tuman boʻlimidan 28 million kredit rasmiylashtirish uchun tavsifnoma rasmiylashtirdi.

Denov tumanida oʻtkazilgan qabulda 186 ta murojaat eshitildi. Shundan 51,3 foizi joyida hal etildi. Qolgan 48,7 foiz murojaatlar nazoratga olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер