Xalq bankining uchta filiali karantinga olinib, xizmat koʻrsatish vaqtincha toʻxtatildi

15:12 13 Iyul 2020 Iqtisodiyot
2382 0

Xalq bankining uchta filiali hozirda karantinga olingan boʻlib, ushbu bank muassasalarida xizmat koʻrsatish vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda Xalq banki matbuot kotibi maʼlum qildi.

"Andijon viloyati Kuyganyor filialida 59 kishi karantinga olingan, shundan 1 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Navoiy viloyati Nurota filialida barcha xodimlar test topshirgan, shundan 8 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Hozir filial vaqtincha faoliyatini toʻxtatgan.

Navoiy shahar filialida ham barcha xodimlar test topshirgan va natijasini kutmoqda. Hozircha 1 nafar xodimda infeksiya aniqlangan.

Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani filialida ham xodimlar koronavirusga test topshirgan. Hech bir xodimda infeksiya aniqlanmagan. Karantin qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda faoliyatini davom ettirmoqda.

Xalq banki karantin paytida oʻzingizni asrashni, uyda qolishni tavsiya qiladi. Ayniqsa, pensionerlarimizning hayotini asrash maqsadida ular uchun pensiya va nafaqa pullari uyma-uy yurib tarqatilmoqda", deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер