Xakerlar guruhi yuzlab Gʻarb kompaniyalari va davlat idoralariga hujum qildi. Ular orasida “BBC”, “Shell” va AQSH energetika vazirligi ham bor

14:16 18 Iyun 2023 Dunyo
642 0

Xabarlarga koʻra, “Clop” xakerlar guruhi AQSHda yuzlab kompaniya va davlat idoralariga hujum qildi.Ular Gʻarb davlatlariga keng koʻlamli kiberhujum uyushtirib, yuzlab kompaniyalar va davlat idoralarining maʼlumotlarini oʻgʻirlashgani aytilmoqda.

Gap faqat AQSH va Buyuk Britaniyadagi kompaniyalar va boʻlimlar haqida ketayotgan boʻlsada, “BBC”, “British Airways”, “Shell” va AQSH energetika vazirligi ham kiberhujumlarga uchragan.

Hujum uchun javobgarlikni jahon ommaviy axborot vositalari anʼanaviy ravishda Rossiya bilan bogʻlaydigan “Clop” guruhi oʻz zimmasiga oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер