“Xayrxush” suv inshooti foydalanishga topshirildi
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida “Buxoro suv taʼminoti” MCHJ tomonidan olib borilgan qurilish-montaj ishlari natijasida Buxoro viloyati Vobkent tumani “Oʻzbakon” MFY aholisining suvga boʻlgan ehtiyoji qondirildi.
Mazkur dastur doirasida qayta rekonstruksiya qilingan “Xayrxush” suv inshootining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ramziy “start” tugmasi bosildi va inshoot foydalanishga topshirildi.
Loyihaviy quvvati sutkasiga 2,5 ming metr kubni tashkil etuvchi inshootning ishga tushirilishi natijasida 7 ta mahallada istiqomat qiluvchi 15 ming nafar aholi ilk bor toza ichimlik suvidan bahramand boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring