Xayriya oʻyinidan tushgan oʻyinchoqlarni oʻz egalariga tarqatish ishlari davom etmoqda
Foto: Toyirov Abdumutalib / “Xalq soʻzi”
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim agentligi hamda Humo xokkey klubi xodimlari, Respublika va shahar bolalar onkologiya markaziga tashrif buyurib, 9-fevralda oʻtkazilgan “Oʻyinchoqlar yomgʻiri” xayriya oʻyinidan tushgan oʻyinchoqlarni oʻz egalariga topshirish jarayonini boshlashgan edi.
Bugun ham jarayonlar davom etmoqda. Ushbu xayrli ishlarning davomi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida amalga oshiriladi.
Toshkent viloyatidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 1000 dona oʻyinchoqlar ajratilgan boʻlib, qolgan qismi 300 donasi Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga joʻnatilishi koʻzda tutilgan.
Oʻyinchoqlardan bir qismi Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Imkon hamda 34-sonli koʻp tarmoqli maktabgacha taʼlim tashkilotlariga, Chirchiq shahridagi 20-30- maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi bolajonlarga yetkazildi. Ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotlarida imkoniyati cheklangan bolajonlar taʼlim tarbiya olishadi.













Foto: Toyirov Abdumutalib / “Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring