Kelgusi yetti yilda tuman va shaharlarda 700 ta yangi poliklinika tashkil etiladi — Shavkat Mirziyoyev

18:32 14 Iyun 2023 Siyosat
816 0

O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev andijonlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida tibbiyot sohsidagi rejalar haqida to‘xtaldi.

“Kelgusi yetti yilda tuman va shaharlarda 700 ta yangi poliklinika tashkil etiladi. Bu orqali, 3 million aholimiz uchun birlamchi tibbiy xizmatlar yanada yaqinlashadi.

Shuningdek, birlamchi bo‘g‘indagi barcha oilaviy shifokor punktlari, poliklinika va shifoxonalar ta’mirlanib, filtrlangan ichimlik suvi va issiq suv bilan to‘liq ta’minlanadi.

Gemodializ bo‘limlari soni 2 karra ko‘paytirilib, 200 taga yetkaziladi. Bu orqali barcha tuman va shaharlar mazkur xizmat bilan qamrab olinadi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, nomzodning ta’kidlashicha, har yili 1 million aholi jigar sirroziga olib keluvchi gepatit “B” va “S” bo‘yicha skriningdan o‘tkaziladi, gepatit “S”ga chalingan bemorlar to‘liq davlat hisobidan davolanadi.

Barcha tuman va shaharlarda xususiy sheriklik asosida MRT va MSKT yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun, 100 million dollar investisiya yo‘naltiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер