Kecha yurtimizda yana 30 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi
2022-yil 21-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 238418 (+27) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
— 10 nafari Toshkent viloyatida,
— 17 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
— Toshkent viloyatida 10 nafar,
— Toshkent shahrida 16 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 236423 (+26) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring