Kattaqoʻrgʻonda yuk mashinasi haydovchisi rulda uxlab qoldi

13:50 06 Fevral 2022 Jamiyat
862 0

Samarqand viloyati IIBning xabar berishicha, bugun soat, taxminan, 10:10 larda Kattaqoʻrgʻon tumani hududidan oʻtuvchi avtomobil yoʻlida harakatlanib kelayotgan yuk avtomashinasi haydovchisi uxlab qolishi natijasida, rul boshqaruvini yoʻqotib, beton toʻsiqqa urilib ketishi oqibatida agʻdarilib ketgan.

Hodisa natijasida avtotransport vositasi va ichidagi yuklariga shikast yetgan. Haydovchining oʻzi tibbiyot birlashmasiga olib ketilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер