Kattaqoʻrgʻonda yangi yogʻ-moy korxonasi ish boshlaydi

16:32 21 Aprel 2022 Jamiyat
815 0

Foto: Халқ сўзи

Samarqand viloyatida ichki isteʼmol bozorini import oʻrnini bosadigan, arzon va sifatli yogʻ-moy mahsulotlari bilan taʼminlash yuzasidan qator yangi loyihalarni amaliyotga tatbiq etish rejalashtirilgan.

Jumladan, Kattaqoʻrgʻon shahrida joylashgan “ZARAFSHON IDEAL SERVIS” MCHJ tomonidan paxta texnik chigiti xom ashyosi hamda kungaboqar va soya urugʻlarini sanoat usulida qayta ishlashga ixtisoslashgan yangi loyiha amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 4,5 milliard soʻm boʻlib, 150 ming AQSH dollari bank kredit mablagʻi hisobidan moliyalashtirildi. Hozirgi vaqtda korxonada Xitoy va Germaniyadan keltirilgan zamonaviy asbob-uskunalar oʻrnatilgan boʻlib, bugungi kunda soʻnggi profilaktika ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

— Korxona ishga tushgach, bir kunda 30-35 tonna paxta texnik chigiti xom ashyosi va 55-60 tonna kungaboqar hamda soya urugʻlari toʻliq siklda qayta ishlanib, sifatli mahsulot ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi, — deydi “ZARAFSHON IDEAL SERVIS” MCHJ direktori Sohibjon Gʻulomov. — Bundan tashqari Kattaqoʻrgʻon shahridagi “Qoʻshhovuz” va «Gʻarbmachit» nomli mahallalarning 60 nafar yoshlari doimiy ish bilan taʼminlanadi. Hozirgi vaqtda jamiyatning malakali mutaxassislari tomonidan vaqtinchalik ish bilan band boʻlmagan yoshlarga korxonaning oʻzida kasb-hunar oʻrgatilmoqda.

Korxonaning toʻliq quvvatda ishlashini taʼminlash uchun soya urugʻlarini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari hamda «Oʻzdonmahsulotlari» AK tizimidagi don korxonalari bilan shartnomalar tuzish ishlari olib borilyapti.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер