Katta miqdorda firibgarlik sodir etgani uchun qidiruvga berilgan jinoyatchi Polshadan Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi

16:43 27 Aprel 2023 Siyosat
400 0

Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan firibgarlik sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda boʻlgan jinoyatchini ekstraditsiya qilish boʻyicha protsedura amalga oshirildi.

Interpolning Varshava va Toshkent Milliy markaziy byurolarining hamkorlikdagi faol saʼy-harakatlari natijasida 2022-yilning mart oyida Polshada Interpolning Qizil xabarnomasiga aloqador shaxs sifatida hibsga olingan, huquq-tartibot idoralarimiz tomonidan firibgarlik uchun qidiruvga berilgan jinoyatchi Oʻzbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilindi.

Qidiruvdagi shaxs jabrlanuvchi Janubiy Koreyaga ishlash uchun chet elga chiqish niyatida ekanini bila turib, hujjatlarni rasmiylashtirish va mamlakatga kirishga ruxsat olish boʻyicha oʻz xizmatlarini taklif qilgan va bu ishlar sarf-xarajat talab qilishini bildirgan. Shu tarzda, qisqa vaqt ichida firibgar bir necha kishilarni pulga tushirdi.

Jinoyatchi pullarni oʻzlashtirgan hamda vaʼdalarini bajarmagan holda chet davlatga qochishga muvaffaq boʻlgan, biroq Oʻzbekiston va Polsha davlatlari MMB xodimlarining hamkorlikdagi harakatlari natijasida qidiruvdagi shaxs aniqlandi va qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ekstraditsiya toʻgʻrisidagi soʻrovi qanoatlantirilgandan soʻng, Interpol xodimlari hamrohligida shu kunlarda jinoyatchi Oʻzbekistonga olib kelindi, uni oldinda adolatli sud kutmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер