Kasallanishlar va oʻlimlar soni ortdi — SSV
Kecha yurtimizda 220 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi.
Xususan, 2021-yil 24-noyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 192175 (+219) nafarni tashkil etmoqda.
Kasallikdan sogʻayganlar jami 188860 (+228) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1389 nafarni tashkil qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring