Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanish soni keskin pasaydi
Kecha yurtimizning 11 ta hududida 143 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 2021-yil 29-noyabr holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar jami soni 193208 nafarni tashkil etmoqda.
Sogʻliq saqlash vazirligi xabariga koʻra, kasallikdan sogʻayganlar jami 189859 (+195) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1402 nafarni tashkil qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring